Janubiy Osiyo va Hamdo'stlik davlatlari ishlari bo'yicha Davlat vaziri Uimbldonlik Lord Ahmad 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga tashrif buyurdi
Janubiy Osiyo va Hamdo'stlik davlatlari ishlari bo'yicha Davlat vaziri, hamda nizoli vaziyatlarda jinsiy zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha Buyuk Britaniya Bosh vazirning maxsus vakili Uimbldonlik Lord Ahmad 2021-yil 14 sentyabr kuni 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga tashrif buyurdi.

Tashrif chog鈥檌da Lord Ahmad Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Senator Sodiq Safoyev, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o鈥檙inbosari Laziz Qudratov bilan uchrashdi. Ular, shuningdek, Afg鈥檕nistondagi inqirozni yengillashtirish uchun birgalikda harakat qilish istaklarini muhokama qilishdi.
Lord Ahmad, shuningdek, Moliya vazirining o鈥檙inbosari Odilbek Isoqov bilan iqtisodiy hamkorlik to鈥檊鈥檙isidagi Memorandumni imzoladi.
Imzo chekish marosimida Vazir quyidagilarni aytib o鈥檛di:
Ushbu Memorandum 鈥淚qtisodiy rivojlanish yo鈥檒idagi samarali boshqaruv鈥 (EGED) dasturi doirasida hamkorligimizning boshlanishini belgilaydi va bu dastur kelajakda ham iqtisodiy islohotlarning yangi masalalarini kiritish uchun ochiq bo鈥檒ib qoladi.
Buyuk Britaniya EGED dasturi orqali inklyuziv iqtisodiy rivojlanish va davlat boshqaruvida muhim islohotlarni amalga oshirishda 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 hukumatini qo鈥檒lab -quvvatlashda davom etadi.
Muharrirlar uchun qo鈥檚himcha ma鈥檒umot
- Twitter: ,
- Facebook:
- Instagram: